O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga qarashli 2-son Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi 1969 yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 4-Bosh Boshqarmasi qoshida tashkil etilgan, 1985 yilda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Frunze ko‘chasi 3-uyga ko‘chirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 3829-sonli qarori asosida poliklinika O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi tasarrufidagi 2-son Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi deb nomlandi.
Hozirgi kunda poliklinika Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasi 6-proyezd 3-uyda joylashgan bo‘lib, 2 smenali ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda bir smenada 500 nafar kontingentga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Poliklinika ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 366 - sonli va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 martdagi 142/5-sonli qarori, Tibbiyot Bosh Boshqarmasi va Poliklinika Nizomiga muvofiq olib boradi.
Shuningdek, poliklinika o‘z ish faoliyatini Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, Tibbiyot bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy-meʼyoriy hujjatlari asosida ish yuritadi.
Poliklinikada yuqori malakali, ko‘p qirrali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan oliy toifali shifokor-mutaxassislar hamda fan nomzodlari o‘z faoliyatini olib boradi. Barcha mutaxassislar doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib borish maqsadida Respublika bo‘yicha va xalqaro miqyosda seminar, vebinar va anjumanlarda faol qatnashib keladilar.
Poliklinikaga biriktirilgan kontingentga xamda axoliga pullik asosda quyidagi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadi:
Yuqori malakali va zamoviy diagnostika, davolash va profilaktika faoliyati;
Kasalliklar bo‘yicha dispanserizatsiya faoliyati;
Bugungi kundagi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan onko-skrining, kardio-skrining, metabolik sindrom va endokrin kasalliklari skriningi, valeolog faoliyati;
10 o‘rinli kunduzgi shifoxona;
Yirik sug‘urta kompaniyalari bilan ishlaydigan va tashkilot xodimlarining kasbiy muvofiqligi bo‘yicha profilaktik ko‘riklar o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xo‘jalik hisobidagi bo‘lim faoliyati.
Poliklinika yuqori tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda yurak-qon tomir, endokrin kasalliklar, onkologik va fertil yoshdagi ayollarda kuzatiladigan kasalliklarni erta aniqlash va davolashga katta eʼtibor beradi.
Tor mutaxassis konsultatsiyalari:allergolog, pulmonolog, endokrinolog, revmatolog, nevrolog, psixo-nevrolog, kardiolog, gastroenterolog, valeolog, dermatolog, infeksionist, oftalmolog, otolaringolog, endoskopist, jarroh, onkolog, onko–mammolog, ginekolog, urolog, proktolog, travmatolog-ortoped, fizioterapevt, stomatolog, gematolog;
Umumiy, biokimyoviy va immunologik
laboratoriya tadqiqotlari va quyidagi davolash-diagnostika xizmatlarini olib boradi:EKG, VEM, sutkalik EKG monitoring(Xolter), sutkalik qon bosimi monitoringi (Xolter), FVD-spirometriya - tashqi nafas funksiyasi tekshiruvi, UTT va doppler tekshiruvlari, EEG, ExoKG, ExoEG, EGDFSG, fibrokolonoskopiya, kolposkopiya, oftalmologik tekshiruvlar, audiometriya, rakamli-rentgen tekshiruvlari, “3D” - panoramli rentgen, 4-ta proyeksiyali mammografiya, dermo-kosmetologik va stomatologik xizmatlar, jarrohlik amaliyotlari, turli kasalliklarni davolash uchun bir qator elektroapparatlar bilan jihozlangan fizioterapiya muolajalari, massaj va boshqalar.
Laboratoriya tekshiruvlardan quyidagilar mavjud:qon va siydik umumiy tahlillari, bioximiya tahlillari, IFA va IXLA tahlillari, onkomarkyorlar, “ROMA” - indeksi, torch-infeksiyalar, gepatitlar, garmonlar, vitamin V12, folat kislotasi, ferritin, temir, natriy, magniy, kaliy, insulin, “NOMA” - indeksi, sitologik tekshiruvlar, PAP-testlar.
Poliklinika yuqori texnologik zamonaviy diagnostika, davolash va fizioterapiya uskunalari bilan jihozlangan:“MAN” ko‘p funksiyali lazer apparati, BTL-6000 apparati, “PENTAKS” endoskopik apparati, “150-FC” kolposkop, Avto-refraktometr “RC-5000”, kontaktsiz tonometr “FT-1000”, Audiometr “AD226”, koagulyator, portativli Radioviziograf “Portable Dental X-ray system”, LOR-kombayn “DIXION STE -1000”, “Fona Stellaris 3D Ceph” kompyuter tomografi, biokimyoviy avtomatik analizator “MINDRAY BS-380”, yarim avtomatlashtirilgan 2-kanalli koagulometr “MINDRAY S20002”, analizator “COBAS-Ye411”, “Cardiovit AT-104 PC”, gematologik analizator “MINDRAY BC-3600”, siydik analizatori “MEDITRON”, immunoferment analizator “MR-96A”, Ultratovushli skaner “LOGIO V5”, raqamli “ShIMADZU FLEXAVISION” rentgen apparati, “MELODY III Villa sistemi medicali S.p.a” mammografik uskuna, “Revolution Evo” 128-kesimli MSKT, “XSTAHL 200” terapevtik rentgen apparatlari va boshqalar.